
Kompaniya
haqida
"O'zelektroapparat-Electroshield" AJ — O'zbekiston energetika sanoati uchun to'liq ishlab chiqarish sikliga ega yetakchi elektrtexnika kompaniyasi.
Yillik tajriba
Yirik loyihalar
Mutaxassislar
Eksport davlatlar

Korxona 80 yildan ortiq vaqt mobaynida elektrtexnika sanoatida faoliyat yuritib, mamlakat energetika infratuzilmasining rivojiga katta hissa qo'shib kelmoqda.
Bizning imkoniyatlarimiz: loyihalash, ishlab chiqarish, sinov, raqamlashtirish, servis va o'quv dasturlari — bularning barchasi bir markazda jamlangan.
- raqamli va an'anaviy podstansiyalar
- KRU, KTP, NKRU
- AСКUE va aqlli hisob tizimlari
- avtomatika va himoya panellari
- mikroprotsessorli RZA qurilmalari
- elektr komponentlari va metal konstruksiyalar
Kompaniya doimiy modernizatsiya, sifat nazorati va muhandislik salohiyatiga tayanadi.
Bizning yechimlar elektr tarmoqlari, sanoat korxonalari, neft-gaz sektori va infratuzilma loyihalarida qo'llaniladi.
O'zelektroapparat-Electroshield — ishonchli, innovatsion va barqaror energiya yechimlari.
Tarixiy Bosqichlar
2021
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan "O'zelektroapparat-Electroshield" AJ bosh direktori Vladimir Petrovich Royukga "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sanoat xodimi" faxriy unvoni berildi.
2017
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig'iga binoan "NUKUSELECTROAPPARAT" MChJ ishlab chiqarish korxonasi tashkil etildi.
2008
Ishlab chiqarish texnologiyalarini keng ko'lamli modernizatsiya qilish amalga oshirildi. Korxonada Prima Power, FINN POWER, Bystronic, Ermaksan, TAISS, Haas kabi yetakchi kompaniyalarning zamonaviy texnologik liniyalari o'rnatildi.
2000
"UzElektroapparat" negizida xorijiy investitsiyalar ishtirokida ikkita qo'shma korxona tashkil etildi: "Tashelektroapparat" QK va "Uzelektroshield" AJ. Vladimir P. Royuk "Tashelektroapparat" QK bosh direktori etib saylandi.
1991
Vladimir Petrovich Royuk korxona tarixidagi eng yosh tijorat direktori bo'ldi. Uning katta energiyasi va tuganmas g'oyalari zaxirasi 1990-yillarning boshidagi murakkab davrda korxonani rivojlantirishga, ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishga va xodimlarga kelajakka ishonch bag'ishlashga xizmat qildi. U korxona tashkil topganidan buyon shakllangan an'analar va jamoaviy qadriyatlarni saqlab qoldi.
1973
"Sredazelektroapparat" xodimlariga "Elektromagnit rele kontakt tizimi" ixtirosi uchun birinchi mualliflik guvohnomasi berildi (mualliflar: V.M. Dvorin, L.N. Gargalas, O.A. Rybnikov).
1961
Toshkent Elektrotexnika Zavodi (TEZ) "Electroshield" zavodi bilan hamkorlikda dastlabki 620 ta shchit qurilmasini ishlab chiqardi. To'rt yil o'tgach, ularning soni 9 169 taga yetdi, ya'ni deyarli 15 baravar ko'paydi.
1952
SSSR tarixida ilk bor "Electroshield" zavodida 6 kV kuchlanishli komplekt taqsimlash qurilmalari (KRU) ishlab chiqildi va ishlab chiqarildi.
1941
"UzElektroapparat" korxonasi "Elektrostanok" nomi bilan tashkil etildi (Xarkovdan evakuatsiya qilingan mashinasozlik zavodi negizida). 1942-yilda ishlab chiqarish rejasi sezilarli darajada ortig'i bilan bajarildi: birinchi chorakda — 182%, ikkinchi chorakda — 224%, uchinchi chorakda — 312%, to'rtinchi chorakda esa — 331%.